VELOSIPED O‘G‘RISI UCH YILGA QAMALDI
Muhkama zhavobgarlikka tortilganiga qaramay xulosa chiqarmadigan V.K. 1,5 mln soʼmlik velosipedni oʼgʼirlab, 200 ming soʼmga sotgani uchun JKning 169-moddasi boʼyicha aybdor deb topildi va 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Fuqaro V.K muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi. “Bukrini go‘r to‘g‘rilaydi” deganlaridek, oson pul topish ilinjiда o‘g‘rilikka qo‘l urdi.
U o‘ziga notanish bo‘lgan fuqaro Z.B ning bahosi 1.500.000 so‘mlik “DEMANSH” velosipedini darvozasi oldidan sekingina haydab, quyonning rasmini chizvorган.
Keyin ishbilarmonlik qilib 200.000 so‘mga pullagan. Bu pullarga aroq sotib olib, ichaman deb turganda, IIB xodimlari uni dikonglatib olib ketishdi.
V.K. O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Hamda 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Fikr bildirish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling