Buxoro viloyati Buxoro tumanida kuzatilgan bir holat zhamoatchilikda zhiddiy savollar uygʼotmoqda. Gap oddiy texnik xato emas, balki mansab vakolatidan foydalanish, byudzhet mablagʼlariga zarar etkazish va sud qarori atrofidagi bahslar haqida ketmoqda.

Eltuzar ixtiyoriga kelib tushgan sud huzhzhatlarida qayd etilishicha, Buxoro tuman hokimi oʼrinbosari Barotova Shohida Istamovna oʼz xizmat mavqeidan foydalanib, yaqin tanishlari boʼlgan 6 nafar shaxsga bola parvarishi nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishiga asossiz taʼsir koʼrsatgan.

Oqibatda byudzhet mablagʼlaridan 7 million 800 ming soʼm ortiqcha toʼlanishiga yoʼl qoʼyilgani koʼrsatilgan. Sud ushbu holatni Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy zhavobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 61-moddasi 1-qismi doirasida huquqbuzarlik deb baholagan.

2026 yil 24 mart kuni Zhinoyat ishlari boʼyicha Buxoro tuman sudi tergov sudʼyasi Nayimov Surat Sadievich tomonidan mansabdor shaxs aybdor deb topilib, unga 824 ming soʼm zharima tayinlangan.

Eng koʼp muhokama qilinayotgan nuqta ham aynan shu: byudzhetga 7,8 million soʼm zarar etkazilgan holatda zharima nega atigi 824 ming soʼm?

Zhamoatchilikda tabiiy savol tugʼilmoqda: bu qonunning barchaga bir xil ishlashi namunasimi yoki mansabdorga nisbatan engil yondashuvmi?

Eltuzarga murozhaat qilganlar taʼkidlashicha, ushbu ishda mansabdor shaxsga nisbatan xususiy azhrim chiqarilmagan, profilaktik yoki qoʼshimcha taʼsir choralari masalasi ham ochiq qolgan.

Murozhaatda yana bir zhihat qayd etilgan: sud mazhlisiga kelmagan shaxsga nisbatan qaror qabul qilingani, ayrim zharayonlar esa zhamoatchilik uchun etarli darazhada ochiq boʼlmagani haqida eʼtirozlar bildirilgan.

Bu holat “qonun ustuvormi yoki mansab ustuvormi?” degan savolni yanada keskinlashtirmoqda.

Chunki masala faqat bir amaldor bilan cheklanmaydi. Bu holat davlat xizmatiga ishonch, byudzhet mablagʼlariga munosabat va sud tizimining xolisligi haqida ham zhiddiy muhokamalarni keltirib chiqarmoqda.

Shu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu holatga aniq huquqiy baho berilishi, qarorning huquqiy asoslari va qoʼshimcha choralar nega qoʼllanmaganiga rasmiy izoh berilishi kutilmoqda.
(Davomi bor)