O‘ZBEKISTONDA AI-95 NARXI REKORD DARAJADA YUQORILADI
Oʼzbekistonda AI-95 benzini narxi AQSh darazhasiga yaqinlashib, 1,08 dollarga etdi. Mintaqada Qozogʼiston va Turkmanistonda yonilgʼi ancha arzon ekani, ichki bozorda raqobat va tartibga solish mexanizmlari samaradorligini savol ostiga olmoqda.
Jahon bozorida energiya resurslari, ayniqsa avtomobil yoqilg‘isi narxlari mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi strategik omil hisoblanadi. Bunda O‘zbekiston iqtisodiyotida narx-navo qo‘nimsizligi fuqarolarni esankiratib qo‘yish darajaga yetmoqda.
Eltuzar muxbirining tahlili va mavjud ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, AI-95 markali benzin narxlari davlatlar kesimida keskin farq qilmoqda. Aslida aynan shu markali benzin har bir davlat kesimida iqtisodni barqaror ushlab turgan vositadek ko‘rinardi. Bugun bu tendensiya O‘zbekiston iqtisodiyotida belgilangan tartibidan ancha yuqorilab ketdi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ichki imkoniyatlari ham inobatga olinmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, benzin narxi yuqori bo‘lgan davlatlardan biri – AQSH bo‘lib, bu yerda bir litr AI-95 benzin 1,13 dollarga teng. E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekistonda ham bu ko‘rsatkich deyarli shu darajaga yaqin – 1,08 dollar. Bu holat iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan mamlakat uchun jiddiy savollarni keltirib chiqaradi: nega aholi daromadlari ancha past bo‘lgan sharoitda yoqilg‘i narxi deyarli rivojlangan davlatlar darajasiga teng?
Mintaqaviy qiyos esa yanada qiziq manzarani aks ettiradi. Masalan, Qirg‘izistonda benzin 0,92 dollar, Rossiyada 0,83 dollar, Ozarbayjonda esa 0,68 dollarni tashkil etadi. Eng past narxlar esa Qozog‘iston (0,51 dollar) va Turkmaniston (0,43 dollar)da kuzatilmoqda. Bu davlatlarda yoqilg‘i narxlarining nisbatan arzonligi ko‘p jihatdan ichki ishlab chiqarish hajmi va davlat tomonidan qat’iy tartibga solish siyosati bilan bog‘liq. O‘zbekistonda bu siyosat tartibga sola olmayapti.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda benzin narxlari dunyoda ham global miqyosda barqaror emas. Xususan, Xitoy va AQSHda ham mamlakat iqtisodiyoti rivojiga ko‘ra narxlar keskin tebranib turadi. 2023-yildan boshlab bu davlatlarda bir necha bor tezkor o‘sish va pasayish holatlari kuzatilgan bo‘lib, bu global neft bozoridagi o‘zgarishlar, geosiyosiy omillar va talab-talab muvozanati bilan izohlanadi.
O‘zbekistonda esa vaziyat biroz boshqacha. Ayrim davrlarda narxlar nisbatan barqaror saqlangan bo‘lsa-da, umumiy tendensiya bosqichma-bosqich o‘sishni ko‘rsatmoqda. 2026-yil boshiga kelib esa narxlar yuqori nuqtaga yetdi. Bu esa ichki bozorda raqobatning yetarli emasligi, importga bog‘liqlik yoki narxlarni tartibga solish mexanizmlarining samaradorligi haqida savollar tug‘dirmoqda.
Aholi daromadlari darajasi bilan solishtirganda, O‘zbekistonda benzin narxi oddiy xalqga og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda. Rivojlangan davlatlarda yuqori narxlar yuqori daromadlar bilan muvozanatlashadi, ammo rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda bu nomutanosiblik ijtimoiy bosimni kuchaytirmoqda.
Bir qaraganda ahamiyatli emasdek tuyilgan benzin narxi masalasi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. O‘zbekiston uchun eng muhim vazifa – yoqilg‘i bozorida shaffoflikni ta’minlash, raqobatni kuchaytirish va aholi uchun qabul qilinadigan narx siyosatini shakllantirishdan iborat. Imtiyozli va muqobil narxlar joriy etilishi kerak. Aks holda, “global narxlar mahalliy imkoniyatlar” o‘rtasidagi nomutanosiblik paydo bo‘ladi.
Gaz va propan narxi ham qisman oshgan va 80 yoqilg‘isi sotuvi bekor qilingan vaqtda yoqilg‘i narxi oshib ketgani xalqni yanada qiyin ahvolga solib qo‘yishini hech kim o‘ylamayotgani, hukumat bunga qarshi chora ko‘rmayotgani ham ajablanarli va yomon holat.
Fikr bildirish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling