Isroilning oʼta oʼng qanot siyosatchilaridan biri, mamlakat Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir falastinliklarga nisbatan osib oʼldirish zhazosini majburiy tarzda joriy etishni koʼzda tutuvchi qonun loyihasi yuzasidan keskin bayonot berdi.

Ben-Gvir nafaqat bu tashabbusni ochiq qoʼllab-quvvatlab kelayotgan amaldor, balki mazkur qonun loyihasining asosiy tashabbuskorlaridan biri sifatida ham tanilgan.

U oʼz chiqishida juda qattiq va bahsli fikrlarni bildirib, shunday dedi:

«Men ulardan hamma narsani allaqachon tortib oldim. Endi terroristlarning hayotini ham tortib olishni istayman. Bu toʼgʼri, adolatli va albatta amalga oshadi».

Ben-Gvirning bu bayonoti Isroilda xavfsizlik siyosati, jazo choralari va falastinliklarga nisbatan qoʼllanadigan keskin choralar borasidagi bahslarni yanada kuchaytirdi.

U ilgari ham falastinliklarga nisbatan yanada qattiqroq siyosat yuritish, jumladan, oʼlim zhazosini qonuniylashtirish gʼoyasini faol targʼib qilib kelgan. Mazkur qonun loyihasi esa aynan shu yondashuvning navbatdagi ifodasi sifatida baholanmoqda.